Yengil avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgarishi bo‘yicha tushuntirish: yangi tartib 1 iyuldan emas, balki 1 sentabrdan kuchga kiradi. Bu yo‘lovchilarni tijoriy tashish uchun foydalaniladigan transport vositalariga taalluqli emas.
Hukumatning tegishli qarori bilan 1 sentyabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Ishlab chiqarilganiga 6 yildan oshgan avtomobillar 1 yilda 1 marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, sentyabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti ham bekor qilinadi.
2021-yilgi davlat dasturi loyihasidan yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish taklifi o‘rin olgan. Jamoatchilik bildirgan takliflarda YHXXning asosiy faoliyatini “fuqarolarga ko‘mak berish"ga yo‘naltirish maqsad qilingan. Muhokama 10 kun davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting